Tadbirda ishtirokchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, fuqarolarning siyosiy-huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, partiyaning Adolat gazetasida yoritilgan maqolalar va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar, aholi farovonligini oshirish, yurtimiz taraqqiyoti va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan muhim tashabbus va vazifalar xususida fikr-mulohazalar bildirildi.
Muloqot jarayonida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda mamlakatimizdagi siyosiy-ijtimoiy jarayonlar yuzasidan fikr almashdilar.