Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Kamolova tomonidan Shalxar OFY hududidagi aholi, ayniqsa, yoshlar va bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun xizmat qilayotgan sport maydonchalarining holati ko‘zdan kechirildi.
⚽️ O‘rganish davomida sport maydonchalarining umumiy holati, jihozlarning sozligi, hududning obodonligi hamda bolalar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘rib chiqildi.
👧🏻🧒🏻 Yosh avlodning sport bilan muntazam shug‘ullanishi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun bunday sport inshootlarining ahamiyati katta.
🔎 Shu bilan birga, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, sport maydonchalarini ta’mirlash va zarur jihozlar bilan ta’minlash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.