Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
TA’LIM MUASSASALARIDAGI SPORT ZALLARI HAMDA SPORT ANJOMLARINING MAVJUDLIGI VA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADAGI SOLIQ INSPEKTORI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDAGI ISHLAR HAMDA SOHAGA OID QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQ VA IMTIYOZLARIDAN FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
IJTIMOIY XIZMATLAR KO‘RSATILISHI DEPUTATLIK NAZORATI ASOSIDA O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
Parkent tumani tashkil topganiga 100 yil to‘ldi!
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olishga e’tibor kuchaytirilmoqda
“OQ UY” MAHALLASIDA AHOLINI MANZILLI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️“OQ UY” MAHALLASIDA AHOLINI MANZILLI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Toshpo‘lat Matibayev ishtirokida 2026-yil 25-sentabr kuni Mirobod tumanidagi “Oq uy” mahallasida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bandligini ta’minlash hamda xotin-qizlar bilan ishlash masalalariga bag‘ishlangan axborot uchrashuvi o‘tkazildi.

🔺 Uchrashuvda mahallada faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoli bilan hududdagi mavjud holat, aholiga, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ko‘rsatilayotgan ko‘mak hamda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

💼 Xususan, hokim yordamchisi faoliyati, aholi bandligini ta’minlash va oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, fuqarolarning mavjud imtiyoz va imkoniyatlardan foydalanishiga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

💡 Shuningdek, yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlarni o‘qitish, kasb va mehnatga yo‘naltirish hamda ularning bandligini ta’minlash borasidagi mavjud imkoniyatlar yuzasidan fikr almashildi.

📁 Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini manzilli o‘rganish, ehtiyojmand oilalarga zarur ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish ham uchrashuvning asosiy mavzularidan biri bo‘ldi.

🔎 Mazkur uchrashuv mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan bo‘lgan yoshlar yetakchisi faoliyati va yoshlar bandligi, hokim yordamchilari ishining samaradorligi va kambag‘allikni qisqartirish, xotin-qizlar faoli tomonidan olib borilayotgan ishlar hamda aholi bandligini ta’minlash masalalari bilan uzviy bog‘liq holda olib borildi.

🗣 Toshpo‘lat Matibayev mahalladagi mas’ullar bilan aholini qiynayotgan masalalar va mavjud imkoniyatlar yuzasidan fikr almashib, ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar bilan yanada manzilli ishlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda ko‘rsatilayotgan yordamning natijadorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar bildirdi.

✅ Uchrashuv yakunida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, bandlikni ta’minlash hamda ehtiyojmand oilalarga manzilli ko‘mak ko‘rsatish samaradorligini oshirish masalalariga doir fikr va takliflar umumlashtirildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10