Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
TA’LIM MUASSASALARIDAGI SPORT ZALLARI HAMDA SPORT ANJOMLARINING MAVJUDLIGI VA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADAGI SOLIQ INSPEKTORI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDAGI ISHLAR HAMDA SOHAGA OID QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQ VA IMTIYOZLARIDAN FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
IJTIMOIY XIZMATLAR KO‘RSATILISHI DEPUTATLIK NAZORATI ASOSIDA O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
Parkent tumani tashkil topganiga 100 yil to‘ldi!
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olishga e’tibor kuchaytirilmoqda
SPORT UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR — DEPUTAT E’TIBORIDA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati Z.Abduraimova tomonidan Balandchaqir mahallasidagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar uchun yaratilgan sport sharoitlari, xususan, sport zalining holati, undagi mavjud sport anjomlari va jihozlarning foydalanish darajasi yaqindan o‘rganildi.

O‘rganish davomida sport zalining umumiy holati, sanitariya va foydalanish sharoitlari, o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar, mavjud sport anjomlarining yetarliligi, sozligi, saqlanishi va amaliyotda foydalanilayotgani ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, jismoniy tarbiya darslarini sifatli tashkil etish, sport to‘garaklari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, o‘quvchilarni sportga keng jalb etish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda sport zalidan unumli foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida maktab mas’ullari bilan suhbatlashilib, sport zalining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zarur sport anjomlari bilan ta’minlanganlik darajasini yaxshilash, mavjud jihozlardan samarali foydalanish va ularning saqlanishini ta’minlash bo‘yicha fikr almashildi.

Slide 1 of 2