Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
TA’LIM MUASSASALARIDAGI SPORT ZALLARI HAMDA SPORT ANJOMLARINING MAVJUDLIGI VA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADAGI SOLIQ INSPEKTORI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDAGI ISHLAR HAMDA SOHAGA OID QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQ VA IMTIYOZLARIDAN FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
IJTIMOIY XIZMATLAR KO‘RSATILISHI DEPUTATLIK NAZORATI ASOSIDA O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
Parkent tumani tashkil topganiga 100 yil to‘ldi!
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olishga e’tibor kuchaytirilmoqda
6-Sarbon saylov okrugidagi mahallalarda infratuzilma masalalari o‘rganildi

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️6-Sarbon saylov okrugidagi mahallalarda infratuzilma masalalari o‘rganildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Xabibulla Akilov tomonidan 6-Sarbon saylov okrugi hududidagi mahallalarda aholini qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va ularni manzilli hal etish maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.

🤝 O‘rganishlarda Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputatlari, tuman hokimligi mas’ullari, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Muzaffar Yusubov hamda mahalla raislari ishtirok etdi. Jarayon davomida aholi bilan muloqot qilinib, fuqarolarning murojaat va takliflari tinglandi, hududdagi muammolar joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

🔺 “Alisherobod” mahallasida bolalar va yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamonaviy ochiq sport maydonini tashkil etish masalasi o‘rganildi. Hududda ushbu maqsad uchun foydalanish mumkin bo‘lgan bo‘sh yer maydoni mavjudligi aniqlanib, mutasaddilar bilan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilindi.

⚡️ “Ijodkor” mahallasida elektr energiyasini uzatuvchi 15 ta simyog‘ochning eskirgani, shuningdek, 15 ta xonadon kanalizatsiya tarmog‘i bilan ta’minlanmagani ma’lum bo‘ldi. Eskirgan simyog‘ochlarni yangilash hamda xonadonlarni kanalizatsiya tarmog‘iga ulash imkoniyatlarini o‘rganish yuzasidan mas’ullarga tegishli takliflar bildirildi.

🛣 Hududlardagi ichki yo‘llarning holati va tungi yoritish tizimiga ham alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, “Ijodkor” mahallasidagi 150–200 metr ichki yo‘lga hamda “Alisherobod” MFY Milliy bog‘ ko‘chasining 70 metr qismiga asfalt qoplamasi yotqizish, shuningdek, “Ijodkor” mahallasidagi ichki ko‘chalarni yoritish zarurati mavjudligi qayd etildi.

🔺 O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni tegishli soha tashkilotlari bilan hamkorlikda bartaraf etish, aholi uchun munosib va xavfsiz infratuzilma yaratish bo‘yicha zarur vazifalar belgilab olindi.

📩 Mazkur muammolarni manzilli hal etish hamda mutasaddi tashkilotlarning asoslantirilgan munosabatini olish yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborilishi ta’kidlandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10