Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
TA’LIM MUASSASALARIDAGI SPORT ZALLARI HAMDA SPORT ANJOMLARINING MAVJUDLIGI VA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADAGI SOLIQ INSPEKTORI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDAGI ISHLAR HAMDA SOHAGA OID QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQ VA IMTIYOZLARIDAN FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
IJTIMOIY XIZMATLAR KO‘RSATILISHI DEPUTATLIK NAZORATI ASOSIDA O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
Parkent tumani tashkil topganiga 100 yil to‘ldi!
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olishga e’tibor kuchaytirilmoqda
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Kamolova tomonidan tumandagi Xotira xiyobonining bugungi holati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish jarayonida xiyobon hududining obodonlashtirilganlik darajasi, sanitariya va tozalik holati, yashil hududlarning saqlanishi, mavjud daraxt va manzarali o‘simliklarning parvarishi hamda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

🧹 Shuningdek, hududda tozalikni ta’minlash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, xiyobonning ichki va tashqi qismida obodonlashtirish ishlarini muntazam olib borish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🌿 Xotira xiyoboni nafaqat aholi uchun dam olish maskani, balki xalqimizning tarixiy xotirasi va ajdodlarimizga bo‘lgan hurmatini aks ettiruvchi muhim maskanlardan biridir. Shu bois bunday hududlarni ozoda, obod va ko‘rkam holatda saqlash muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

📌 O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda hududni yanada obodonlashtirish bo‘yicha ishlarni kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

🤝 Bunday nazorat va o‘rganishlar hududlarda obodonlashtirish ishlarining sifatini oshirish, jamoat joylarini saqlash va aholiga qulay muhit yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5