Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
янв.21
“OILAVIY TADBIRKORLIK TO‘G‘RISIDA”GI QONUN HAMDA XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHI QARORLARI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “DAVLAT TILI TO‘G‘RISIDA”GI QONUNI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHI: 2026-YILNING 9 OYI DAVOMIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR FAOLIYAT NATIJALARI — RAQAMLARDA
янв.21
HUDUDDAGI INVESTITSIYALAR VA TADBIRKORLIK FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HUDUDDAGI MADANIYAT MUASSASASINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATINING SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
MUSIQA VA SAN’AT — YOSHLAR MA’NAVIYATI VA JAMIYAT MADANIYATINING MUHIM POYDEVORI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
Qahramon mahallasidagi tarixiy meros obyekti o‘rganildi

Qahramon mahallasidagi tarixiy meros obyekti o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 7-Qahramon saylov okrugi deputati S. Xakimov tomonidan saylov okrugiga qarashli Qahramon MFY hududida tuman Kengashi deputatlari bilan birgalikda tarixiy-madaniy meros obyekti — Zurmala minorasi o‘rganildi.

O‘rganish davomida Ko‘hna Termiz aholi punktining janubi-sharqida, viloyat markaziga olib boruvchi yo‘l chetida joylashgan Zurmala minorasi bilan yaqindan tanishildi.

Mazkur inshoot qadimdan arxeologlarning e’tiborini tortib kelgan. 1926-yilda olib borilgan dastlabki tadqiqotlarda inshoot buddaviy stupa bo‘lishi mumkinligi taxmin qilingan. Keyingi yillarda olib borilgan batafsil arxeologik tadqiqotlar esa uning Kushonlar saltanatining gullab-yashnagan davriga oid diniy inshoot ekanini tasdiqlagan.

Tarixiy manbalarga ko‘ra, Zurmala stupasi xom kvadrat g‘ishtlardan bunyod etilgan bo‘lib, qurilishida o‘ziga xos belgili g‘ishtlardan foydalanilgan. Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, inshootni barpo etish uchun 1 million 200 mingga yaqin g‘isht sarflangan. Stupaning yuqori qismida diniy marosimlar va qoldiqlarni saqlash uchun mo‘ljallangan kichik xona mavjud bo‘lgan.

O‘rganish jarayonida tarixiy obyektdagi mavjud holat, uning saqlanishi va kelgusida muhofaza qilinishi bilan bog‘liq masalalarga ham e’tibor qaratildi.

Zurmala minorasi — Termiz vohasining qadimiy tarixi, Kushonlar davri va buddaviylik madaniyatidan darak beruvchi muhim tarixiy meros namunalaridan biridir. Uning asrab-avaylanishi va kelajak avlodga yetkazilishi muhim vazifalardan biridir.

Slide 1 of 5