Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
“OILAVIY TADBIRKORLIK TO‘G‘RISIDA”GI QONUN HAMDA XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHI QARORLARI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “DAVLAT TILI TO‘G‘RISIDA”GI QONUNI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHI: 2026-YILNING 9 OYI DAVOMIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR FAOLIYAT NATIJALARI — RAQAMLARDA
янв.21
HUDUDDAGI MADANIYAT MUASSASASINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HUDUDDAGI INVESTITSIYALAR VA TADBIRKORLIK FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATINING SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
MUSIQA VA SAN’AT — YOSHLAR MA’NAVIYATI VA JAMIYAT MADANIYATINING MUHIM POYDEVORI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
FUQAROLAR MUROJAATI ASOSIDA HOLAT O‘RGANILDI

🇺🇿 Yunusobod tumani, “Xiyobontepa” mahallasi, Bog‘ishamol ko‘chasi, 57/5–57/6-uylarda yashaydigan fuqarolar tomonidan murojaatlar kelib tushgan.

📝Murojaatlarda mazkur hududda doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslar to‘planib, aholi uchun noqulay vaziyat yuzaga kelayotgani hamda bu holat yuzasidan fuqarolar tomonidan ichki ishlar organlariga bir necha bor murojaat qilingani bildirilgan.

🇺🇿Mazkur murojaat yuzasidan xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi Raisi, deputati Yusupov R. deputatlik okrugiga chiqib, vaziyatni joyiga borib o‘rgandi.

🔎O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud muammoni qonuniy tartibda hal etish, hududda jamoat tartibi va fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash maqsadida tegishli tashkilot va mas’ul idoralarga deputatlik so‘rovi yo‘llash rejalashtirilmoqda.

🤝Fuqarolar murojaatlari deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, hududdagi muammolarni amaldagi qonunchilik asosida hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.

Slide 1 of 3