Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
MUSIQA VA SAN’AT — YOSHLAR MA’NAVIYATI VA JAMIYAT MADANIYATINING MUHIM POYDEVORI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI: ➡️AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH YO‘LIDA AMALIY NATIJALAR
янв.21
TA’LIM MUASSASALARIDAGI SPORT ZALLARI HAMDA SPORT ANJOMLARINING MAVJUDLIGI VA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADAGI SOLIQ INSPEKTORI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDAGI ISHLAR HAMDA SOHAGA OID QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQ VA IMTIYOZLARIDAN FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
IJTIMOIY XIZMATLAR KO‘RSATILISHI DEPUTATLIK NAZORATI ASOSIDA O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish va hudud obodonchiligi — deputat nazoratida

Aholining munosib va qulay sharoitda yashashi, hududlarda sanitariya-obodonlashtirish talablariga rioya etilishini ta’minlash hamda fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni joyida o‘rganish — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Termiz shahar 1-“Temiryo‘lchi” saylov okrugida o‘tkazilgan deputatlik nazorati doirasidagi o‘rganish davomida “Temiryo‘lchi” mahallasi “Sherobod” ko‘chasi hududidagi sanitariya va obodonlashtirish holati ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida mazkur hududda maishiy va qurilish chiqindilari to‘planib qolganligi, chiqindilarni yig‘ish uchun mo‘ljallangan konteynerlar mavjud emasligi aniqlandi.
Shuningdek, hududga yaqin joylashgan “Temiryo‘lchi mahalla servis kompaniyasi” MChJ atrofi obodonlashtirish ishlarini talab darajasida tashkil etilmaganligi, turli xil yovvoyi o‘tlar o‘sib ketganligi kuzatildi.

Aniqlangan holatlar hududning sanitariya-obodonlashtirish talablariga javob bermasligi, atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishi hamda fuqarolarning e’tirozlariga sabab bo‘lishi mumkin.

Mazkur masalalarni bartaraf etish maqsadida xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 1-“Temiryo‘lchi” saylov okrugi deputati Fayzullayev Xikmat Boboqulovich tomonidan Termiz shahar hokimining o‘rinbosari B.Ergashovga deputat so‘rovi yuborildi.

Deputat so‘rovida:

“Sherobod” ko‘chasi hududida to‘planib qolgan maishiy va qurilish chiqindilarini zudlik bilan olib chiqish;

hududga zarur miqdorda chiqindi konteynerlarini o‘rnatish va ularning sanitariya holatini muntazam nazorat qilish;

“Temiryo‘lchi mahalla servis kompaniyasi” MChJ atrofini obodonlashtirish, yovvoyi o‘tlarni o‘rish va hududni sanitariya jihatdan tartibga keltirish;

kelgusida chiqindilarning to‘planib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularni o‘z vaqtida olib chiqishni ta’minlash;

amalga oshirilgan ishlar hamda ko‘rilgan choralar yuzasidan yozma ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

Deputatlik nazorati — mavjud kamchiliklarni aniqlash, mas’ul tashkilotlar oldiga aniq vazifalar qo‘yish va ularning amaliy ijrosini nazorat qilishga qaratilgan.

Bir hudud — bir muammo. Bir muammo — aniq chora. Amaliy natija — obod va farovon mahalla.