🔷Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishi yuzasidan “O‘rtaovul” mahallasida olib borilayotgan ishlar holati tuman Kengashi deputati G. Tursunova tomonidan o‘rganildi.
🔶O‘rganish davomida mahallada kambag‘allikni qisqartirish, oilalarning daromad manbalarini ko‘paytirish borasidagi ishlar tahlil qilindi. Xususan, mehnatga layoqatli ishsiz fuqarolarni aniqlash hamda kasb-hunarga o‘qitish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etildi.
🔷Shuningdek, ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari o‘rganilib, ularga moddiy va ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
🔶O‘rganish jarayonida ayrim oilalarni kambag‘allikdan chiqarish uchun individual yondashuvni kuchaytirish, mavjud imkoniyatlardan foydalanish zarurligi ta’kidlandi.