Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND TOIFALARIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT: MUAMMOLAR TINGLANIB, YECHIMLAR BELGILANDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARINI KO‘RSATUVCHI INFOKIOSK YORDAMIDA AHOLIGA YARATILGAN IMKONIYATLAR O‘RGANILDI
янв.21
OILALARGA IJTIMOIY NAFAQALAR VA MODDIY YORDAM TAYINLASH VA TO‘LASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALAR FAOLIYATIDA NAMUNAVIY QARORLAR ASOSIDA ISH TASHKIL ETILMOQDA
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH ISHLARI
янв.21
IJTIMOIY SOHA OBYEKTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Mahallalarda bandlikni ta’minlash — doimiy e’tiborda
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA MAHALLA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
“MAHALLA YETTILIGI – KENGASH – SENAT” UCH BO‘G‘INLI HAMKORLIK TIZIMI IZCHIL AMALGA OSHIRILMOQDA

Hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi muammolarini manzilli hal etish hamda mahalliy Kengash deputatlari bilan “Mahalla yettiligi” o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori ijrosi doirasida Chinoz tumanida tizimli va samarali ishlar olib borilmoqda.

⚡️ Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati mudiri Asqar Baxromov tumandagi "Madaniyat" MFYda bo‘lib, mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi “Mahalla yettiligi” faoliyatini o‘rgandi.

🔎 O‘rganish davomida hududdagi mavjud muammolarni o‘zaro hamkorlik asosida hal etish, har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ullarning vazifalari, ijro intizomi hamda aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligi tahlil qilindi.

📌 Hamkorlik doirasida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda:

💼 Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratilishida amaliy ko‘mak ko‘rsatish hamda tijorat banklari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
👨‍🎓 “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga belgilangan mezonlar asosida moddiy yordam va subsidiyalar ajratish, ularning tadbirkorlik faoliyatini boshlashi hamda o‘zini o‘zi band qilishi uchun zarur sharoit yaratish.
👩‍🦰 Xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalarini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini kuchaytirish.
🛡 Mahalla hududida kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini mustahkamlash hamda profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish.
🤝 Aholiga davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmat va yordamlar, mavjud imtiyozlar hamda ulardan foydalanish tartibi yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berish va murojaatlar bilan manzilli ishlash.
Mahallalarda osoyishtalikni ta’minlash, obodonlashtirish ishlarini tashkil etish, aholi bilan yaqindan muloqot olib borish hamda hududdagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va tegishli tashkilotlarga yetkazishda ko‘cha boshilari muhim o‘rin tutadi.
📝 O‘rganish yakunida ko‘cha boshilari va “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash, aholi muammolarini joyida hal etish hamda hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

✨ Shuningdek, tumandagi xalq deputatlari tomonidan mahallalarda o‘tkazilayotgan uchrashuvlar davomida fuqarolarga Prezident farmon va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis Senati qarorlari hamda xalq farovonligini ta’minlashga qaratilgan islohotlarning mazmun-mohiyati keng tushuntirilib, ularning amaliy ijrosi yuzasidan doimiy deputatlik nazorati olib borilmoqda.

🇺🇿 Mahalla – Kengash – Senat hamkorligi xalq bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, hududlarni barqaror rivojlantirish va aholi farovonligini oshirishning muhim omili bo‘lib xizmat qilmoqda.

🇺🇿 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi