Mahalla faoliyati — “24 ta eng muhim yo‘nalish” asosida tahlil qilindi
Uzun tumanida mahalla boshqaruvini samarali tashkil etish, aholini kambag‘allikdan chiqarish, ijtimoiy ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda xotin-qizlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish borasidagi deputatlik nazorati izchil davom etmoqda.
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati 4-Mehnat saylov okrugi deputati M.Mamurjonova o‘z okrugi hududidagi mahallalarda bo‘lib, kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Ergasheva ishtirokida mahalla vakillarining bugungi kundagi faoliyatini tahlil qildi.
O‘rganishlarda hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli hamda ijtimoiy xodim faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur jarayon Oliy Majlis Senati tomonidan belgilangan “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” mezonlari asosida tashkil etildi.