35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
OSHLAR MASLAHAT GURUHI A’ZOSI DAVLAT RAHBARI BILAN MULOQOTDA MUHIM TASHABBUSNI ILGARI SURDI
янв.21
OILALAR BILAN ISHLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
HUDUDDAGI INVESTITSIYALAR BO‘YICHA HOLAT, ISHLAB CHIQARISH VA BANDLIK FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA DAROMAD MANBALARINI KENGAYTIRISH MASALALARIGA E’TIBOR QARATILDI.
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI.
янв.21
AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH, BANDLIGINI TA’MINLASH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI.
янв.21
YOSHLAR UCHUN YARATILGAN SPORT INSHOOTLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQ VA MANFAATLARI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.
янв.21
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR: 15 NAFAR FUQARO ISH BILAN TA’MINLANDI
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🌏 Yig‘ilishda ekspert guruhi a’zolari ishtirokida Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi faoliyatiga oid qator masalalar atroflicha muhokama qilindi.

📝 Dastlab yig‘ilish kun tartibidan o‘rin olgan masalalar ko‘rib chiqilib, ularni Kengash muhokamasiga kiritishdan oldin har tomonlama tahlil qilish, mavjud ma’lumotlarni o‘rganish hamda tegishli hujjatlarni puxta ko‘rib chiqish zarurligi ta’kidlandi.

🔹 Muhokamalar davomida Kengash sessiyalariga kiritilayotgan masalalarning qonunchilik talablariga muvofiqligi, huquqiy va amaliy asoslari, moliyaviy jihatlari hamda hududdagi mavjud holatga ta’siri yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

🔹 Shuningdek, taklif etilayotgan qaror loyihalarida belgilangan vazifalarning aniq va tushunarli ifodalanishi, ijro uchun mas’ul tashkilotlar va muddatlarning belgilanishi, topshiriqlarning amalda bajarilishini nazorat qilish mexanizmlariga alohida e’tibor qaratildi.

🔹 Ekspert guruhi a’zolari tomonidan masalalarni , dalillar, tahliliy ma’lumotlar va mavjud muammolardan kelib chiqqan holda ko‘rib chiqish, zarur hollarda qo‘shimcha ma’lumotlar talab qilish va tegishli mutaxassislarning fikrini olish bo‘yicha takliflar bildirildi.

💬 Yig‘ilishda, shuningdek, Kengash qarorlarining ijrosi bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilinib, avval qabul qilingan qarorlarda belgilangan vazifalarning natijadorligini tahlil qilish, ijroda aniqlangan muammolarni bartaraf etish va kelgusidagi nazorat ishlarini kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.

📌 Muhokamalar yakunida ko‘rib chiqilgan masalalarni yanada takomillashtirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, zarur qo‘shimcha ma’lumotlarni shakllantirish hamda hujjatlarni Kengash muhokamasiga puxta tayyorlash bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

🤝 Ekspert guruhi faoliyatining asosiy maqsadi — Kengashga kiritilayotgan masalalarni oldindan chuqur tahlil qilish, ularning asoslanganligini baholash va deputatlar tomonidan puxta, qonuniy hamda amaliy jihatdan samarali qarorlar qabul qilinishiga ko‘maklashishdan iborat.

Slide 1 of 3