35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“BO‘STON” MFYDA DAVLAT XIZMATLARINI KO‘RSATUVCHI INFOKIOSKA TOMONIDAN AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY SOHA OBYEKTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTATLARGA BIRIKTIRILGAN MAHALLALARDA “IJTIMOIY REYESTR”GA KIRITILGAN OILALAR BILAN ISHLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI.
янв.21
NOGIRONLIGI MAVJUD SHAXSLARGA DAVLAT TOMONIDAN BERILGAN IMTIYOZLARNING TO‘G’RI QO‘LLANILISHI HAMDA “NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TO‘G’RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
HUDUDDAGI JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH HOLATI, AYNIQSA QIZIL VA SARIQ HUDUDLARDA JINOYATCHILIKNI BARTARAF QILISH BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 29-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH VA AHOLIGA O‘ZI VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI.
янв.21
FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILIB, ULARNI BARTARAF ETISH CHORALARI BELGILANDI.
янв.21
MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI, YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI.
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Tashabbusli budjet loyihalari o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev, kotibiyat xodimi X.Ishimov hamda bosh mutaxassis U.Kenjayevlar tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limida bo‘lib, Kengashning 34-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “Tashabbusli budjet” jarayonining 2-bosqichida g‘olib bo‘lgan 4 ta loyiha bilan tanishdilar.

O‘rganish davomida mazkur loyihalarning mazmun-mohiyati, fuqarolar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar hamda ularni amalga oshirish bo‘yicha belgilangan ishlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, loyihalarning amaliy ahamiyati va aholining mavjud muammolarini bartaraf etishdagi o‘rni yuzasidan ma’lumotlar olindi.

Mas’ullarga g‘olib loyihalarni belgilangan tartib va muddatlarda sifatli amalga oshirish, ajratilgan mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanish hamda ishlarning borishini doimiy nazorat qilib borish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 3