O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 30-sentabrdagi “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-226-son Qonuni ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashi deputati Omonliqov Meliqo‘zi Temirovich tomonidan tumandagi 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, xususan, isitish tizimlari, qozonxona va mavjud isitish uskunalarining sovuq kunlarda barqaror va xavfsiz ishlashga shayligi ko‘zdan kechirildi.
Deputat tomonidan ushbu yo‘nalishdagi ishlarni e’tibordan chetda qoldirmaslik, ayniqsa kuz-qish mavsumida yong‘in xavfsizligi va isitish tizimlaridan foydalanishda belgilangan talablarga qat’iy amal qilish zarurligi ta’kidlandi.