Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, deputat Qurbaniyazov Yusup Xolmuminovich va Kotibiyat bosh mutaxassisi – I.Roziqovga qishloq xo‘jaligi sohasiga oid muhim qonun hujjatlarining tumandagi ijrosini o‘rganish va nazorat qilish vazifasi biriktirilgan.
Xususan, deputat mas’ulligida O‘zbekiston Respublikasining “Naslchilik to‘g‘risida”gi Qonuni (№165-I, 21.12.1995-y.) doirasida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar doimiy tahlil qilib borilmoqda.
Mazkur qonunning asosiy mo‘ljallari va ahamiyati:
Huquqiy tartibga solish: Naslchilik sohasidagi munosabatlarni qonuniy asosda tartibga soladi.
Seleksiya muhofazasi: Naslchilik ishlari va erishilgan seleksiya yutuqlarini huquqiy jihatdan muhofaza qiladi.
Faoliyatni tizimlashtirish: Urug‘chilik hamda naslchilik faoliyatini yuritish tartiblarini belgilaydi.
Davlat nazorati: Sohada davlat boshqaruvi va nazoratini amalda samarali tashkil etish prinsiplarini ifodalaydi.
Tuman Kengashi deputati Yu.Qurbaniyazov va Kotibiyat bosh mutaxassisi – I.Roziqovlar tomonidan ushbu qonun talablarining hududda, xususan, chorvachilik va agrar tarmoqda to‘liq va sifatli ijro etilishi yuzasidan tegishli o‘rganishlar hamda deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz