35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“BO‘STON” MFYDA DAVLAT XIZMATLARINI KO‘RSATUVCHI INFOKIOSKA TOMONIDAN AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY SOHA OBYEKTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTATLARGA BIRIKTIRILGAN MAHALLALARDA “IJTIMOIY REYESTR”GA KIRITILGAN OILALAR BILAN ISHLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI.
янв.21
NOGIRONLIGI MAVJUD SHAXSLARGA DAVLAT TOMONIDAN BERILGAN IMTIYOZLARNING TO‘G’RI QO‘LLANILISHI HAMDA “NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TO‘G’RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
HUDUDDAGI JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH HOLATI, AYNIQSA QIZIL VA SARIQ HUDUDLARDA JINOYATCHILIKNI BARTARAF QILISH BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 29-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH VA AHOLIGA O‘ZI VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI.
янв.21
FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILIB, ULARNI BARTARAF ETISH CHORALARI BELGILANDI.
янв.21
MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI, YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI.
🏘 YANGI O‘ZBEKISTON QIYOFASIDAGI MAHALLA — E’TIBORDA

Monoq mahallasida Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahallani rivojlantirish, obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash hamda aholi uchun qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan deputatlik nazorati o‘tkazildi.
🔎 O‘RGANISH DAVOMIDA: ▪️ hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari;
▪️ ichki yo‘llar va mavjud infratuzilmaning holati;
▪️ aholi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar;
▪️ hududdagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari;
▪️ belgilangan vazifalarning ijrosi o‘rganildi.
🤝 HAMKORLIKDA
O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mahalla mas’ullari bilan fikr almashilib, mavjud muammolarni bartaraf etish va ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
👤 DEPUTATLIK NAZORATI ISHTIROKCHILARI:
21-Monoq saylov okrugidan saylangan deputat O. Sadullayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D. Abdrimova.
💡 ASOSIY MAQSAD
Obod mahalla — farovon hayot!
Aholi manfaatlarini ta’minlash, mahalladagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning amaliy yechimini topish — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishidir.