📍 Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 18-“Olmazor” saylov okrugidan saylangan deputati Xo‘jaqulov Xurram Ziyatovich tomonidan “Olmazor” mahallasida “Tashabbusli byudjet” loyihasining 1-mavsumida g‘olib bo‘lgan ichki yo‘llarni asfalt qilish jarayoni deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
🔍 O‘rganish va amaliy jarayon tafsilotlari:
👥 Mas’ullar ishtiroki: Mazkur o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Oripov hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Xujanov bevosita ishtirok etdilar.
🗣 Aholi manfaatlarini ta’minlash: Ishchi guruh tomonidan pudratchi tashkilot vakillariga asfaltlashtirish ishlarini sifati bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
⚙️ Kutilayotgan natijalar: “Tashabbusli byudjet” doirasida amalga oshirilayotgan ushbu loyiha mahalla infratuzilmasini yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz