📍 Mahallalarda o‘rganish ishlari
O. Yo‘ldoshova va D. Abdrimova tomonidan mahalla hududlarida ko‘cha-ko‘cha yurib, ehtiyojmand va ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarning holi o‘rganildi.
🔹 Oilalarning ijtimoiy-maishiy sharoiti bilan tanishildi;
🔹 Fuqarolarning muammo va takliflari tinglandi;
🔹 Ijtimoiy, moddiy hamda bandlikka oid ehtiyojlar aniqlandi;
🔹 Aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha takliflar belgilandi.
🤝 Maqsad — ehtiyojmand oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va amaliy yechim topish.
📌 Aholi bilan bevosita muloqot — muammoni aniqlash va uni hal etishning muhim omilidir.