Dehqonobod mahallasidagi 18-maktabda davlat dasturlari ijrosi o‘rganildi
👨💼Xalq deputatlari viloyat Kengashining 15-Dehqonobod saylov okrugi deputati O‘ktam Saidmurodov tomonidan Jomboy tumani Dehqonobod mahallasidagi 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabida davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
✅O‘rganish jarayonida tuman Kengashi deputati Sojida Abdurahmonova, tuman hokimi o‘rinbosari Maxmud Abduraximov hamda mahalla faollari ishtirok etdi.
✅O‘rganish davomida maktabda ta’lim olish uchun yaratilayotgan sharoitlar, qurilish-ta’mirlash ishlari va hududni obodonlashtirish jarayonlariga alohida e’tibor qaratildi. Davlat dasturiga muvofiq, maktab hududida yangi o‘quv binosi barpo etilayotgani, mavjud eski bino esa rekonstruksiya qilinayotgani ko‘zdan kechirildi.
🔂Shuningdek, maktab hududidagi bolalar o‘yingohlari ta’mirlanib, yashil hududlar va bog‘larni obodonlashtirish ishlari olib borilayotgani qayd etildi. Amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va ta’mirlash ishlari natijasida o‘quvchilar uchun yanada qulay, zamonaviy va xavfsiz ta’lim muhitini yaratish ko‘zda tutilgan.
🤝O‘rganish yakunida mas’ullarga qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini sifatli tashkil etish, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Amalga oshirilayotgan ishlar yakuniga yetkazilgach, Dehqonobod mahallasidagi 18-maktab zamonaviy infratuzilmaga ega, o‘quvchilar uchun munosib sharoitlar yaratilgan yangi qiyofa kasb etishi kutilmoqda.