Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND TOIFALARIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT: MUAMMOLAR TINGLANIB, YECHIMLAR BELGILANDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARINI KO‘RSATUVCHI INFOKIOSK YORDAMIDA AHOLIGA YARATILGAN IMKONIYATLAR O‘RGANILDI
янв.21
OILALARGA IJTIMOIY NAFAQALAR VA MODDIY YORDAM TAYINLASH VA TO‘LASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALAR FAOLIYATIDA NAMUNAVIY QARORLAR ASOSIDA ISH TASHKIL ETILMOQDA
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH ISHLARI
янв.21
IJTIMOIY SOHA OBYEKTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Mahallalarda bandlikni ta’minlash — doimiy e’tiborda
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA MAHALLA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
#munosabat

Prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sirdaryo viloyatida yangi obyektlarni ishga tushirish marosimida aytgan fikrlari o‘tmishimizga teran nazar tashlash, bugungi taraqqiyotning qadriga yetish va kelajak oldidagi mas’uliyatimizni chuqur anglashga undaydi.

Davlatimiz rahbarining “Siyosiy iroda yo‘qligidan hammamiz haqiqatda paxtaga qul edik” degan fikrlari sobiq tuzum davrida xalqimiz boshidan kechirgan og‘ir mehnat sharoitlarini yodga soladi. O‘sha davrda yurtimizning iqtisodiy va ijtimoiy hayoti biryoqlama siyosatga bo‘ysundirilgani, inson manfaatlari esa ko‘pincha ikkinchi o‘ringa tushib qolgani tarixiy haqiqatdir.

Bugun esa O‘zbekiston o‘z taraqqiyot yo‘lini mustaqil belgilayotgan, inson qadri va manfaatlarini davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylantirgan mamlakat sifatida rivojlanmoqda. Yangi korxonalar, zamonaviy infratuzilma va ijtimoiy obyektlarning barpo etilishi xalqimiz uchun yaratilayotgan imkoniyatlarning amaliy ifodasidir.

Deputat sifatida ta’kidlamoqchimanki, mustaqillikning eng katta qadri — xalqimiz o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga ega bo‘lganidadir. Biz tariximizni unutmasligimiz, o‘tmishdagi xatolardan saboq chiqarib, bugungi tinchlik va bunyodkorlik muhitini asrashimiz zarur.

Ayniqsa, yosh avlodga mustaqillikning mazmun-mohiyatini chuqur anglatish, ularda Vatanga daxldorlik va mas’uliyat tuyg‘usini kuchaytirish barchamizning muhim vazifamizdir.

Mustaqillik — shunchaki sana emas, balki xalqimizning erkin va munosib hayot qurish imkoniyatidir. Uni qadrlash, mustahkamlash va kelajak avlodlarga yanada farovon yurtni qoldirish har birimizning sharafli burchimizdir.

Rohila Bozorova, Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati