Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashga 2-“Arpapoya” saylov okrugidan deputat Z.Dagarova tashabbusi bilan Qumqo‘rg‘on tumani nogironligi bo‘lgan bolalar uchun «G‘amxo‘rlik» markazida madaniy-ma’rifiy bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashga 12-“Navbahor” saylov okrugidan deputatS.Valiyeva va tashkilotlardan vakillar va faollar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik, inson qadrini ulug‘lash, mehr-e’tibor va g‘amxo‘rlik kabi ezgu qadriyatlar xususida fikrlar bildirildi.
Bayram tadbiri bolajonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, ularning qalbida Vatanga muhabbat, yurt tinchligi va Mustaqillik bayramiga bo‘lgan hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.