35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
MUSTAQILLIK BAYRAMI OLDIDAN PARKENT DEHQON BOZORIDA JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI.
янв.21
AHOLI BANDLIGI VA DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.
янв.21
KENGASH DEPUTATLARI “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 35 YILLIGI” ESDALIK NISHONI BILAN TAQDIRLANDI.
янв.21
KENGASH E’TIBORIDA: MEHR VA E’TIBOR — FARZANDLARIMIZ UCHUN.
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARGA BERILAYOTGAN IMTIYOZLARDAN FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
BEPUL DORI VOSITALARI BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
KENGASH DEPUTATI, TUMAN HOKIMI ISHTIROKIDA YANGI OILAVIY POLIKLINIKA FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI.
янв.21
KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA MARKAZIY DEHQON BOZORIDA JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI.
янв.21
AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI.MAHALLA MUAMMOLARI DEPUTAT NAZORATIDA.
Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati,  “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi a’zosi Yoqutxon Madjidova boshchiligida “Alisher Navoiy” mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda “Alisher Navoiy” va “Shukur Burxonov” mahallalari faollari ishtirok etdilar.  

Samimiy va iliq muhitda o‘tgan uchrashuv davomida yurtimiz Mustaqilligi yillarida erishilgan yutuqlar, tinchlik va taraqqiyot qadriyatlari, shuningdek, mahalladagi dolzarb masalalar xususida fikr-mulohazalar bildirildi. Ishtirokchilar o‘z taklif va istaklarini ochiq bayon etib, deputat bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Deputat Yo.Madjidova yig‘ilganlarni qutlug‘ ayyom bilan tabriklab, Mustaqillik — xalqimizning bebaho ne’mati, uni asrab-avaylash hamda yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shish har birimizning burchimiz ekanini ta’kidladi.

Mustaqilligimiz muborak bo‘lsin! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon bo‘lsin!

Slide 1 of 3