35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGI: MAHALLA RAISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA.
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI VA IJTIMOIY XIZMATLAR HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN TADBIRLAR SAMARADORLIGI, YOSHLAR BANDLIGI O‘RGANILDI.
янв.21
AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.
янв.21
BOSHQARUV KOMPANIYALARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI, KO‘P QAVATLI UYLAR ICHKI YO‘LAKLARI (POD’EZDLARI), ATROFIDAGI MAYDON TOZALIGI O‘RGANILDI.
янв.21
PARKLAR VA XIYOBONLAR, BOG‘LARNING HOLATI. “YOSHLAR MARKAZI” QURILISHI JARAYONI O‘RGANILDI.
янв.21
AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI VA QONUN IJROSI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.
янв.21
AHOLI VA BOLALARNING SPORT BILAN SHUG‘ULLANISHI UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI.
янв.21
KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI HAMDA “ZERO-WASTE” MChJ PARKENT TUMANI FILIALIDA XODIMLAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI.
янв.21
HUDUDDAGI JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH HOLATI, AYNIQSA QIZIL VA SARIQ HUDUDLARDA JINOYATCHILIKNI BARTARAF QILISH BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosi doirasida Marg‘ilon shahrida deputatlik nazorati tadbirlari davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat bosh mutaxassisi N. Akbarova hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari” doimiy komissiyasi raisi X.Abdurahmonov tomonidan 2-Saxovat saylov okrugi deputati S. Azizov hududidagi Ipakchi mahallasida olib borildi.

O‘rganish davomida mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim O‘.Meliqo‘ziyeva tomonidan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand oilalar bilan ishlash hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ipakchi mahallasida 3900 nafar aholi, 1134 ta oila va 1004 ta xonadon mavjud. Hozirgi kunda 97 nafar fuqaro ijtimoiy reyestrga kiritilgan bo‘lib, shundan 25 nafari davlat ta’minotida, 58 nafari kambag‘al oilalar reyestrida, 14 nafari esa kambag‘allik chegarasidagi oilalar hisoblanadi. Shuningdek, “Saxovat va ko‘mak ” jamg‘armasi mablag‘lari doirasida 3 ta xonadonda ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan.Xususan Ipakchi mahallasi, Bog‘chasaroy ko‘chasi, 19/10–13–14-uyda istiqomat qiluvchi I-guruh nogironi B.Xolmatovning xonadonida ham ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan va fuqaro uchun qulay sharoitlar yaratilgan.

Mazkur o‘rganishlar davomida O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrdagi O‘RQ–641-son “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosiga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, Qonunning:
- 4-moddasida belgilangan nogironligi bo‘lgan shaxslarning qadr-qimmatini hurmat qilish, kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik va teng imkoniyatlar yaratish prinsiplari;
- 7-moddasida nazarda tutilgan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ijtimoiy, iqtisodiy va tibbiy xizmatlardan teng foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash;
- 9-moddasida belgilangan obyektlar va xizmatlarning qulayligini yaratish, turar joylar hamda infratuzilma obyektlarini nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish;
- 10-moddasida ko‘rsatilgan nogironligi bo‘lgan shaxslarni jamiyat va davlat hayotiga keng jalb etish talablarining ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, mahallada nogironligi bo‘lgan fuqarolar va ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning yashash sharoitlarini yaxshilash, uy-joylarni moslashtirish hamda zarur yordam ko‘rsatish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar deputatlik nazorati asosida o‘rganildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga tavsiyalar berilib, qonun hujjatlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi va ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash masalalari deputatlik nazoratida bo‘lib qoladi.

Slide 1 of 4