#biriktirilgan_tashkilot
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Z.Turdiyev hamda tuman hokimligi xodimi ishtirokida hududdagi piyodalar yo‘laklarini qurish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida piyodalar uchun yaratilayotgan sharoitlar, yo‘laklarning qurilish sifati, belgilangan talablarga muvofiqligi hamda ishlarning bajarilish holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, piyodalar harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘laklardan aholining qulay va xavfsiz foydalanishi hamda hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|