35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
OSHLAR MASLAHAT GURUHI A’ZOSI DAVLAT RAHBARI BILAN MULOQOTDA MUHIM TASHABBUSNI ILGARI SURDI
янв.21
OILALAR BILAN ISHLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
HUDUDDAGI INVESTITSIYALAR BO‘YICHA HOLAT, ISHLAB CHIQARISH VA BANDLIK FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA DAROMAD MANBALARINI KENGAYTIRISH MASALALARIGA E’TIBOR QARATILDI.
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI.
янв.21
AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH, BANDLIGINI TA’MINLASH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI.
янв.21
YOSHLAR UCHUN YARATILGAN SPORT INSHOOTLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQ VA MANFAATLARI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.
янв.21
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR: 15 NAFAR FUQARO ISH BILAN TA’MINLANDI
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati, Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisining o‘rinbosari Bobomuratov Turdiqul Akramovich tomonidan yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar siyosatiga oid qonunchilikni targ‘ib qilish maqsadida mazkur Qonun asosiy huquqiy hujjatlardan biri sifatida e’tiborga olinadi.
 YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI TO‘G‘RISIDA
📜 O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
O‘RQ-406-son
📅 2016-yil 14-sentabr

⚡️ Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati, Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisining o‘rinbosari Bobomuratov Turdiqul Akramovich tomonidan yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar siyosatiga oid qonunchilikni targ‘ib qilish maqsadida mazkur Qonun asosiy huquqiy hujjatlardan biri sifatida e’tiborga olinadi.

📌 QONUNNING ASOSIY MAQSADI
Mazkur Qonun yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi hamda yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va jamiyat hamda davlat hayotida faol ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan.

⚖️ QONUNNING MUHIM YO‘NALISHLARI:
🔹 yoshlarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
🔹 yoshlarni ma’naviy-axloqiy, intellektual va jismoniy jihatdan rivojlantirish;
🔹 yoshlarning sifatli ta’lim olishi uchun imkoniyatlar yaratish;
🔹 yoshlarni ish bilan ta’minlash va ularning bandligini qo‘llab-quvvatlash;
🔹 yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash;
🔹 yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport va madaniyatga jalb etish;
🔹 yoshlarning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirokini ta’minlash;
🔹 yoshlar bilan ishlashda davlat organlari, mahalla va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish.

📌 Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati Bobomuratov Turdiqul Akramovich tomonidan yoshlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda yoshlar siyosatiga oid qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish masalalariga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

🌟 Yoshlar — jamiyat taraqqiyoti va Yangi O‘zbekiston kelajagining muhim tayanchi.
Slide 1 of 1