35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
AGRAR, SUV XO‘JALIGI VA EKOLOGIYA MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILAYOTGAN MASALA YUZASIDAN DEPUTAT JOYIGA CHIQIB O‘RGANDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI, AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH VA BANDLIGINI TA’MINLASH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
KENGASH ISH REJASI DOIRASIDA DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
BEPUL DORI VOSITALARI BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“Avtomobil transporti to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi hamda yo‘l-transport hodisalari ko‘p sodir bo‘layotgan hududlarda YTHlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar holati o‘rganildi
янв.21
HUDUDDAGI JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH HOLATI, AYNIQSA, XAVF DARAJASI YUQORI BO‘LGAN HUDUDLARDA JINOYATLARNING OLDINI OLISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATI SIFATI VA TIRBANDLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
BOZORLARDAGI AHOLI ISTE’MOLI UCHUN ENG ZARUR MAHSULOTLAR NARX-NAVOSI VA MAHSULOTLARNING YETARLILIGI O‘RGANILDI
“BAYNALMINAL” MAHALLASIDAGI YO‘L, TRANSPORT VA IJTIMOIY MASALALAR DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🚌 “BAYNALMINAL” MAHALLASIDAGI YO‘L, TRANSPORT VA IJTIMOIY MASALALAR DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Otabek Jiyanboyev tomonidan Mirobod tumanidagi “Baynalminal” mahalla fuqarolar yig‘inida aholini qiynab kelayotgan masalalarni joyiga chiqib o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlashga qaratilgan navbatdagi deputatlik nazorati o‘tkazildi.

🤝 O‘rganish davomida deputat mahalla yettiligi vakillari bilan muloqot qilib, hudud infratuzilmasi, ichki yo‘llar holati, aholiga tibbiy va ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish, jamoat transporti qatnovi hamda yo‘lovchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan bog‘liq masalalarni atroflicha muhokama qildi.

🔺 Xususan, mahalladagi ayrim ichki ko‘chalarning asfalt qoplamasi yemirilgani va yo‘llarda chuqurlar paydo bo‘lgani transport vositalari hamda piyodalar harakatiga noqulaylik tug‘dirayotgani aniqlandi. Kuz-qish mavsumida yog‘ingarchilik ta’sirida mazkur holat yanada murakkablashishi mumkinligi inobatga olinib, ta’mirtalab qismlarni aniqlash va asfalt qoplamalarini bosqichma-bosqich tiklash bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar oldiga tegishli masalalar qo‘yildi.

🩺 Shuningdek, mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan Bityuskova Natalya Aleksandrovna hamda Jumagaldiyeva Manzura Safarbayevnaning sog‘lig‘i bilan bog‘liq murojaatlari deputatga yetkazildi. Fuqarolarning murojaatlarini individual tartibda o‘rganish, ularni tegishli tibbiyot va mas’ul tashkilotlarga yo‘naltirish hamda mavjud imkoniyatlar doirasida zarur amaliy ko‘mak ko‘rsatish masalalari belgilab olindi.

📉 Deputat tomonidan chorrahaga yaqin joylashgan avtobus bekati holati ham joyiga chiqib ko‘rib chiqildi. Bekatning amaldagi joylashuvi transport oqimiga va yo‘lovchilarning xavfsiz tushib-chiqishiga noqulaylik tug‘dirishi mumkinligi qayd etilib, uni xavfsiz va qulayroq hududga ko‘chirish imkoniyatini mutaxassislar ishtirokida o‘rganish zarurligi ta’kidlandi.

🔎 Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib tashkil etilib, unda ichki ko‘cha yo‘llari, yo‘l harakati xavfsizligi, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy himoya, jamoat transportining muntazam harakatlanishi va avtobus bekatlarining holati kabi fuqarolarning kundalik hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

📨 Otabek Jiyanboyev tomonidan “Baynalminal” mahallasida aniqlangan masalalarni amaliy hal etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi. Unda ichki yo‘llarning ta’mirtalab qismlarini bartaraf etish, avtobus bekati joylashuvini qayta ko‘rib chiqish hamda fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish masalalari ilgari surildi.

💡 Deputatlik so‘rovlariga taqdim etiladigan javoblar va belgilangan chora-tadbirlarning amalda bajarilishi deputatlik nazoratiga olindi. Muammolarni faqat aniqlash emas, balki ularning yakuniy yechimiga erishish, aholi uchun xavfsiz va qulay sharoit yaratish deputatlik faoliyatining muhim vazifalaridan ekani ta’kidlandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10