Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
“OILAVIY TADBIRKORLIK TO‘G‘RISIDA”GI QONUN HAMDA XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHI QARORLARI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “DAVLAT TILI TO‘G‘RISIDA”GI QONUNI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHI: 2026-YILNING 9 OYI DAVOMIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR FAOLIYAT NATIJALARI — RAQAMLARDA
янв.21
HUDUDDAGI MADANIYAT MUASSASASINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HUDUDDAGI INVESTITSIYALAR VA TADBIRKORLIK FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATINING SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
MUSIQA VA SAN’AT — YOSHLAR MA’NAVIYATI VA JAMIYAT MADANIYATINING MUHIM POYDEVORI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
128-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi 5-Charx Kamolon saylov okrugi deputati Maxmudova Donoxon Artikovna tomonidan saylov okrugi hududida joylashgan 128-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining sport zallari va sport jihozlarining holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida sport zallarining mavjud holati, ularning o‘quvchilar uchun foydalanish imkoniyatlari, zarur sport anjomlari bilan ta’minlanganlik darajasi hamda mavjud jihozlarning texnik va foydalanish holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, sport zallarida o‘quvchilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini sifatli va xavfsiz tashkil etish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud sport inventarlarining yetarliligi va ulardan samarali foydalanish holati ko‘rib chiqildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha sport zallarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash hamda o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay sport sharoitlarini yaratish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.

Mazkur yo‘nalishdagi o‘rganish ishlari deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.

Slide 1 of 3