35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
HUDUDDAGI JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH HOLATI, AYNIQSA QIZIL VA SARIQ HUDUDLARDA JINOYATCHILIKNI BARTARAF QILISH BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI.
янв.21
BOSHQARUV KOMPANIYALARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI, KO‘P QAVATLI UYLAR ICHKI YO‘LAKLARI (POD’EZDLARI), ATROFIDAGI MAYDON TOZALIGI O‘RGANILDI.
янв.21
PARKLAR VA XIYOBONLAR, BOG‘LARNING HOLATI. “YOSHLAR MARKAZI” QURILISHI JARAYONI O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLALARDAGI YOSHLAR YETAKCHILARINING FAOLIYATI VA YOSHLAR BANDLIGI E’TIBORDA.
янв.21
MAHALLA ICHKI KO‘CHA YO‘LLARI HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATI SIFATI VA TIRBANDLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI O‘RGANILDI.
янв.21
KENGASH RAISI FAXRIDDIN DADAMATOV AHOLI BANDLIGI MASALALARI O‘RGANILDI.
янв.21
DEHQON BOZORLARIDA JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI.
янв.21
AHOLIGA O‘Z VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
AHOLI VA BOLALARNING SPORT BILAN SHUG‘ULLANISHI UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI.
OILA VA XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH BORASIDAGI ISHLAR JOYLARDA O‘RGANILMOQDA

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati #Sessiya_oldi_organish

❗️ OILA VA XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH BORASIDAGI ISHLAR JOYLARDA O‘RGANILMOQDA

🏛 Sessiyaoldi o‘rganishlarining ikkinchi manzili Chilonzor tumanidagi “Oila va xotin-qizlar maskani” bo‘ldi. Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari tuman hokimi o‘rinbosari G. Tulaganova hamrohligida maskanda yo‘lga qo‘yilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

📝 2025-yil 4-dekabrdan faoliyat yuritib kelayotgan maskanda deputatlar xotin-qizlarga psixologik, huquqiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilaviy nizolarning oldini olish hamda murakkab vaziyatga tushib qolgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

🤝 O‘rganish davomida Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi bilan hamkorlikda ajrashish yoqasiga kelib qolgan 224 ta oila bilan manzilli ish olib borilgani ma’lum qilindi. Deputatlar mutaxassislar bilan suhbatlashib, oilaviy nizolarni bartaraf etish, er-xotin o‘rtasida o‘zaro kelishuvga erishish hamda oilalarni saqlab qolish bo‘yicha qo‘llanilayotgan amaliy yondashuvlarga alohida e’tibor qaratdi.

🔺 Shuningdek, yoshlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash, ularda oila va nikohga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish maqsadida 590 nafar yosh ishtirokida o‘quv kurslari, seminar va targ‘ibot tadbirlari tashkil etilgani qayd etildi. Deputatlar ushbu mashg‘ulotlarning amaliy samaradorligi, yoshlar bilan ishlashda psixolog va boshqa mutaxassislarning ishtiroki yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashdi.

🛡 Shu bilan birga, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan 116 nafar xotin-qizga psixologik hamda huquqiy yordam ko‘rsatilgani, ularning huquqlarini himoya qilish va zarur ko‘makni tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganildi.

⚖️ Jarayonda deputatlar nazorat-tahliliy savolnomaga asoslangan holda mas’ullarga amaldagi huquqiy hujjatlar ijrosi yuzasidan savollar berdi. Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-son qarori asosida ijtimoiy himoyaga, tibbiy va psixologik yordamga muhtoj xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, ularni “Ayollar daftari” doirasida tegishli toifalarga ajratish, ma’lumotlarni yangilab borish hamda aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich hal etish mexanizmlarining amaldagi ijrosi muhokama qilindi.

🗣 Deputatlar maskan mutaxassislari bilan suhbat davomida yordam ko‘rsatilgan xotin-qizlarning keyingi holatini monitoring qilish, muammo qayta yuzaga kelishining oldini olish, psixologik yordamga muhtoj ayollar bilan individual ishlash va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalariga ham e’tibor qaratdi. Savolnomada ham turli mas’ul boshqarmalar o‘rtasidagi vazifalarni muvofiqlashtirish va qo‘llab-quvvatlash choralarini o‘zaro bog‘liq holda tashkil etish masalalari nazarda tutilgan.

📊 O‘rganish yakunida maskan faoliyatining amaliy samaradorligini yanada oshirish, oilaviy nizolarni imkon qadar erta aniqlash, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash ishlarini kuchaytirish hamda xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan huquqiy, psixologik va ijtimoiy yordamni manzilli tashkil etish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

🔎 Doimiy komissiya a’zolarining Oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha sessiyaoldi o‘rganish ishlari boshqa manzillarda ham davom etmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10