✅ Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining Qonuniylikni ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
📝 Yig‘ilishda "Zangiota tumanidagi shaharcha va qishloqlarning ma’muriy-hududiy chegaralarini belgilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning yakuniy natijalari to‘g‘risida"gi masala muhokama qilindi.
✅Tumandagi shaharcha va qishloqlarning ma’muriy-hududiy chegaralarini aniqlashtirish bo‘yicha tayyorlangan kartografik materiallar va xaritalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
✅Loyiha belgilangan tartibda jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilgani hamda Zangiota tumani Adliya bo‘limining huquqiy xulosasi olingani qayd etildi.
✅Muhokamalar yakunida doimiy komissiya a’zolari tomonidan mazkur masala ma’qullanib, uni Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.