Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
👥 Unda doimiy komissiya a’zolari hamda tegishli soha mutaxassislari ishtirok etdi.
📑 Yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masala yuzasidan Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i Sh.Jumamuratovning “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish bo‘yicha axboroti tinglandi.
💬 Muhokamalar davomida jamg‘arma mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda tashabbuslarini rag‘batlantirish yuzasidan deputatlar tomonidan qator taklif va tavsiyalar bildirildi.
✅ Yig‘ilish yakunida ko‘rib chiqilgan masala yuzasidan doimiy komissiyaning tegishli qarori qabul qilinib, mas’ullarga zarur tavsiyalar berildi.