35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA MAHALLA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA AHOLI BANDLIGI MASALALARI O‘RGANILDI.
янв.21
AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI VA QONUN IJROSI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.
янв.21
PARKLAR VA XIYOBONLAR, BOG‘LARNING HOLATI. “YOSHLAR MARKAZI” QURILISHI JARAYONI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY SOHA OBYEKTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
AHOLIGA O‘Z VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
DEHQON BOZORLARIDA JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHI DOIMIY KOMISSIYASINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
DEPUTATNING FUQAROLAR BILAN UCHRASHUVIDA MUAMMOLAR MUHOKAMA QILINDI.
#haftalik_ish_reja #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati 🗣Hududdagi muammolar joyida o‘rganilib, amaliy vazifalar belgilab olindi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar Kengashining 18-«Mehrobod» saylov okrugi deputati B.Xollozov okrug hududiga qarashli «Mehrobod» mahallasida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida mahalla hududidagi ichki yo‘llar, ko‘chalar, umumiy foydalanishdagi maydonlar, irrigatsiya tarmoqlari hamda fuqarolar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar o‘rganildi. Shuningdek, mahalla aholisining fikr va takliflari tinglanib, hududni yanada obod qilish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlar ishtirokida muhokamalar o‘tkazildi.

O‘rganishlar jarayonida mahalla hududidan o‘tuvchi katta ariqning ayrim qismlarida tozalash ishlarini amalga oshirish zarurligi qayd etildi. Mazkur masala yuzasidan tegishli kommunal va mas’ul tashkilotlarni jalb qilgan holda ariqni loyqa va chiqindilardan tozalash, suv oqimining uzluksizligini ta’minlash hamda irrigatsiya tizimining samarali ishlashini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Ta’kidlanganidek, ariqni o‘z vaqtida tozalash nafaqat hududning sanitariya-ekologik holatini yaxshilash, balki aholi xonadonlarini suv bosishi xavfining oldini olish, obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish va mahallaning ekologik muhitini sog‘lomlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tashrif yakunida deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida hududlarda mavjud muammolarni joyiga chiqib o‘rganish, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bosqichma-bosqich bartaraf etish hamda mahallalarda olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi. Bu kabi amaliy o‘rganishlar aholi turmush farovonligini oshirish, mahallalarni yanada obod va fayzli maskanga aylantirish hamda fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida hal etishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 2