#deputat_faoliyati
#nazorat_tahlil
Obodonlashtirish ishlari va mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari E.Hamroyev, Y.Bo'ronov hamda tegishli tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan "Istiqlol" mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari hamda mahalla yettiligi faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahalla fuqarolar yig‘ini binosidagi ishlarni tashkil etish holati, mahalla yettiligi tomonidan olib borilayotgan ishlar, hududdagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, ichki ko‘chalar hamda sanitariya holati ko‘zdan kechirildi.
Yakunda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish va mahalla yettiligi faoliyati samaradorligini yanada oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram