Sessiyada Termiz shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Dusmuratov tomonidan davlat aktivlarini xususiylashtirish, bo‘sh yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish hamda davlat ishtirokini iqtisodiyotda qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etildi.
Deputatlar hisobotni muhokama qilar ekan, elektron savdolarning shaffofligini ta’minlash, davlat mulkidan samarali foydalanish, investitsiyalarni keng jalb etish hamda xususiylashtirish jarayonlarining natijadorligini oshirish bo‘yicha o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.
Mas’ullarga Farmonda belgilangan ko‘rsatkichlarning to‘liq bajarilishi, savdo jarayonlarini jadallashtirish hamda har chorak yakunida Kengashga hisobot taqdim etib borish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
✅ Muhokamalar yakunida mazkur masala bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.