35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
DEPUTAT MAHALLADA: AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI.
янв.21
FUQAROLAR MUAMMOLARI DEPUTAT E’TIBORIDA.
янв.21
AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI.
янв.21
FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILIB, ULARNI BARTARAF ETISH CHORALARI BELGILANDI.
янв.21
AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT MAHALLADA.AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQD.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN “TASHABBUSLI BUDJET” LOYIHASI IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
MANZILLI DASTUR IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA.
янв.21
HUDUDDA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI – NATIJALAR RAQAMLARDA.
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏛 Deputat saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 22-Bo‘ston saylov okrugidan saylangan deputati A.To‘xtashov tomonidan “Nurtepa” mahallasida istiqomat qiluvchi saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

🤝 Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi hamda mavjud masalalar deputatlar nazoratiga olindi.

🌱 Shuningdek, 2026-yil – "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili" Davlat dasturi doirasida belgilangan vazifalar, mahallada obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlarning mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

🇺🇿 Muloqot davomida yurtimiz mustaqilligining 35 yilligini "Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz" g‘oyasi ostida munosib kutib olish maqsadida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ularda har bir fuqaroning faol ishtiroki va tashabbuskorligi muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta'kidlandi.

✅ Obod va farovon mahalla — aholi birdamligi, hamjihatligi va faol fuqarolik pozitsiyasi samarasidir. Bu boradagi targ‘ibot-tashviqot hamda amaliy ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4