35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
DEPUTATNING AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOTLARI DAVOM ETMOQDA. MAHALLA ICHKI KO‘CHA YO‘LLARI HOLATI VA HUDUD OBODONCHILIGI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLIY IJRO VA VAKILLIK ORGANLARI HAMKORLIGIDA AHOLI XONADONLARI HOLATI VA HUDUD OBODONCHILIGI O‘RGANILDI.
янв.21
QONUN IJROSI VA AHOLI BANDLIGI MASALALARI O‘RGANILDI.
янв.21
MADANIYAT MUASSASALARI FAOLIYATI VA HUDUDDAGI BUNYODKORLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI BILAN MULOQOTDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR MUHOKAMA QILINDI.
янв.21
DEHQON BOZORIDA JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI.
янв.21
DEPUTATLAR O‘ZIGA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT BILAN HAMKORLIKDA ISH OLIB BORMOQDA.
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDAGI ISHLAR VA QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT: MUAMMOLAR VA TAKLIFLAR O‘RGANILDI.
Deputat 131-maktabdagi “90 kunlik tashabbus” doirasidagi sharoitlarni o‘rgandi

#Sessiya_oldi_organish #Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #Hamkorlik_faoliyati #deputat_tashabbusi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🏫 Deputat 131-maktabdagi “90 kunlik tashabbus” doirasidagi sharoitlarni o‘rgandi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Jamila Shermuhammedova Chilonzor tumani, Qozirobod saylov okrugiga qarashli “Naqqoshlik” MFY hududidagi 131-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, mahalla yettiligi vakillari bilan birgalikda o‘quvchilarning yozgi ta’tilini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “90 kunlik tashabbus” doirasida yaratilgan sharoitlarni joyida o‘rgandi.

🤝 O‘rganishda mahalla raisi Shohista Atajonova, profilaktika inspektori, kapitan Azamat Rasulmuhamedov, hokim yordamchisi Madaminjon Nazirov hamda yoshlar yetakchisi Otabek Jo‘rayev ishtirok etdi.

⚽️ Deputat maktabdagi sport maydonlari, fan to‘garaklari, xorijiy tillar kabinetlari hamda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi. Ota-onalar bilan o‘tkazilgan muloqotda ular farzandlari uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar, ayniqsa yozgi ta’tilni samarali tashkil etish borasidagi ishlardan mamnun ekanliklarini bildirib, maktab jamoasi va mas’ullarga minnatdorlik izhor etdilar.

🏊‍♂️ Suhbat davomida ota-onalar tomonidan maktab hududida suzish havzasi tashkil etish taklifi ham bildirildi. Ta’kidlanishicha, bunday inshoot o‘quvchilarning yozgi ta’til davrida jismoniy chiniqishi va sog‘lom hordiq chiqarishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur taklif deputat tomonidan atroflicha o‘rganilib, tegishli tartibda mutasaddi tashkilotlar va hokimlikka yetkazildi.

📝 O‘rganish jarayonida deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan 24 ta tavsiyaviy savol hamda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida foydalanish tavsiya etilgan 162 ta muhim qonun talablari asosida hududdagi mavjud holat kompleks tahlil qilindi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan barcha murojaat va takliflar “Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari”ga qayd etilib, ularning har biri deputatlik nazoratiga olindi.

💡 Shuningdek, navbatdagi Toshkent shahar Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masalalar sessiyaoldi tartibida joyiga chiqib o‘rganildi. Aniqlangan muammo va takliflar umumlashtirilib, tegishli choralar ko‘rish hamda sessiya muhokamasiga kiritish uchun Toshkent shahar Kengashi kotibiyatiga taqdim etiladi.

🔺 Deputat Jamila Shermuhammedova yoshlarning sifatli ta’lim olishi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda fuqarolar tomonidan ilgari surilgan takliflarni amaliy yechimga aylantirish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 5