Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“PARKENT TONGI” GAZETASINING 2026-YIL 16-IYULDAGI 28-SONIDA XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHINING 27-SESSIYASI YORITILDI.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN PARKENT TUMAN SPORT MAKTABI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 27-SESSIYASIDA TUMAN DAVLAT SOLIQ INSPEKSIYASI HISOBOTI KO‘RIB CHIQILDI.
янв.21
DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGI: MAHALLA RAISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA.
янв.21
SAYLOVCHILAR MUROJAATI ASOSIDA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDAGI ISHLAR VA QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
VILOYAT VA TUMAN KENGASHI DEPUTATLARI HAMKORLIKDA O‘ZLARI SAYLANGAN HUDUDDA JAMOATCHILIK NAZORATINI O‘TKAZDI. MAKTAB INFRATUZILMASI OʻRGANILDI.
янв.21
FAVQULODDA VAZIYATLARDA AHOLI VA HUDUDLARNI ISHONCHLI MUHOFAZA QILISH.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 27-SESSIYASIDA PARKENT TUMANI EKOLOGIYA VA IQLIM O‘ZGARISHI BO‘LIMI BOSHLIG‘I HISOBOT BERDI.
Deputat tashabbusi bilan “Farovon” mahallasida yangi sug‘orish tizimi barpo etiladi

#Sessiya_oldi_organish #Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #Hamkorlik_faoliyati #deputat_tashabbusi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🌳 Deputat tashabbusi bilan “Farovon” mahallasida yangi sug‘orish tizimi barpo etiladi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Otabek Jiyanboyev o‘z saylov okrugiga kiruvchi “Farovon” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi mas’ullari hamda mahalla faollari bilan birgalikda hududdagi dolzarb masalalarni joyiga chiqib o‘rgandi.

🌿 O‘rganish davomida Shahrisabz ko‘chasi 3-uy oldidagi daraxtzorning uzoq vaqt davomida yetarli darajada sug‘orilmagani, natijada ko‘chat va daraxtlarning suvsizlikdan zarar ko‘rayotgani aniqlandi. Mazkur muammo joyida muhokama qilinib, fuqarolar murojaati asosida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ushbu hududda artezian qudug‘i qazish va zamonaviy sug‘orish tizimini barpo etish bo‘yicha amaliy ishlarni boshlashga kelishib olindi.

📝 Muloqot jarayonida hududdagi mavjud holat deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan 24 ta tavsiyaviy savol hamda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida foydalanish tavsiya etilgan 162 ta muhim qonun talablari asosida atroflicha tahlil qilindi. Xususan, hududni obodonlashtirish, ekologik muhitni yaxshilash, yashil hududlarni saqlash va infratuzilmani rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🗣 O‘rganish davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan barcha murojaat va takliflar “Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari”ga qayd etilib, ularning har biri deputatlik nazoratiga olindi. Muammolarni bosqichma-bosqich hal etish, zarur hollarda deputatlik so‘rovlari kiritish hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechimlarni ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilandi.

📋 Shuningdek, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masalalar sessiyaoldi tartibida ham joyiga chiqib o‘rganildi. Aniqlangan taklif va muammolar umumlashtirilib, ularni sessiya muhokamasiga kiritish yuzasidan Kengash kotibiyatiga taqdim etish rejalashtirildi.

✅ Deputat Otabek Jiyanboyev saylovchilar bilan doimiy ochiq muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan masalalarni joyida o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 7