#162_ta_qonun
𝗩𝗼𝘆𝗮𝗴𝗮 𝘆𝗲𝘁𝗺𝗮𝗴𝗮𝗻𝗹𝗮𝗿 𝗵𝘂𝗾𝘂𝗾𝗹𝗮𝗿𝗶 – 𝗷𝗮𝗺𝗶𝘆𝗮𝘁 𝗸𝗲𝗹𝗮𝗷𝗮𝗴𝗶𝗻𝗶𝗻𝗴 𝗶𝘀𝗵𝗼𝗻𝗰𝗵𝗹𝗶 𝗸𝗮𝗳𝗼𝗹𝗮𝘁𝗶
📖 O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 29-sentabrdagi O‘RQ–263-sonli “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning huquqiy asoslarini belgilaydi.
🏛 Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari mazkur yo‘nalishda hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganadi, profilaktika tadbirlarini qo‘llab-quvvatlaydi hamda deputatlik nazorati orqali qonun ijrosini ta’minlashga ko‘maklashadi.
🤝 Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni turli salbiy illatlardan asrash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va xavfsiz ijtimoiy muhitni yaratish barchamizning ustuvor vazifamizdir.
✅ Voyaga yetmaganlarning huquqlarini ta’minlash — kelajagimizni, farzandlarimizning baxtli va barkamol hayotini ta’minlash demakdir.