Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“AXBOROT-KUTUBXONA FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
“NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA.
янв.21
MANZILLI DASTUR IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA: PARKENT TUMANI “NEVICH” MFYDA INFRATUZILMA LOYIHALARI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN PARKENT TUMAN SPORT MAKTABI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
PENSIYA JAMG‘ARMASI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA.
янв.21
VILOYAT KENGASHI QARORLARI IJROSI DOIRASIDAGI MANZILLI DASTURLAR LOYIHALARI DEPUTATLIK NAZORATIDA.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 27-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
DEPUTATLAR TOMONIDAN “GULBOG‘” MFYDA QURILADIGAN KO‘P QAVATLI UYLAR LOYIHALARI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN “BO‘STON” MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
Haftalik ish rejasiga asosan tadbirkorlar faoliyati o‘rganildi

Haftalik ish rejasiga asosan tadbirkorlar faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi K. Abdullayeva tomonidan haftalik ish rejasiga muvofiq, mahalla yettiligi bilan hamkorlikda Nurli diyor mahallasi hududida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning faoliyati, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlari, yaratilgan ish o‘rinlari hamda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida tushuntirish ishlari olib borildi.

Mazkur o‘rganishlar haftalik ish rejasiga muvofiq hamda mahalla yettiligi bilan hamkorlikda hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini oshirish va tadbirkorlik subyektlari faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularning yechimiga ko‘maklashish maqsadida tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Slide 1 of 3