Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
MANZILLI DASTUR IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA: PARKENT TUMANI “NEVICH” MFYDA INFRATUZILMA LOYIHALARI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN PARKENT TUMAN SPORT MAKTABI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
PENSIYA JAMG‘ARMASI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA.
янв.21
VILOYAT KENGASHI QARORLARI IJROSI DOIRASIDAGI MANZILLI DASTURLAR LOYIHALARI DEPUTATLIK NAZORATIDA.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 27-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
DEPUTATLAR TOMONIDAN “GULBOG‘” MFYDA QURILADIGAN KO‘P QAVATLI UYLAR LOYIHALARI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN “BO‘STON” MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLIY BUDJET, TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA IQTISODIY ISLOHOTLAR MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
DEPUTAT VA MAHALLA YETTILIGI HAMKORLIGI. MAHALLA RAISI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
#haftalik_ishlar_muhokamasi_13_17_iyul
#haftalik_ishlar_muhokamasi_13_17_iyul

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Isamutdinov rahbarligida kotibiyat xodimlari ishtirokida haftalik ish rejasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda joriy hafta davomida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olinib, deputatlik faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash, saylov okruglaridagi o‘rganishlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, doimiy komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, deputatlar tomonidan amalga oshirilayotgan nazorat tadbirlarini axborot jihatdan keng yoritish, ijtimoiy tarmoqlardagi faollikni oshirish, “E-kengash” tizimida hujjatlar bilan ishlash sifati hamda ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha mas’ul xodimlarga aniq vazifalar yuklatildi.

Yig‘ilish yakunida har bir yo‘nalish kesimida amalga oshiriladigan ishlar muddatlari belgilab olinib, ularning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash