Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
DEPUTAT VA MAHALLA YETTILIGI HAMKORLIGI. MAHALLA RAISI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN TADBIRLAR SAMARADORLIGI, YOSHLAR BANDLIGI O‘RGANILDI.
янв.21
“REKLAMA TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.
янв.21
TIBBIYOT BIRLASHMASI RAHBARINING HISOBOTI OLDIDAN DEPUTAT TOMONIDAN JOYLARDA O‘RGANISH OLIB BORILDI. AHOLIGA O‘Z VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLIY BUDJET, TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA IQTISODIY ISLOHOTLAR MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI, MUAMMOLAR QAYD ETISH DAFTARIGA KIRITILDI.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN “DOLZARB 90 KUN” DASTURI IJROSI YUZASIDAN DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI VA AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN IJTIMOIY XIZMATLAR SIFATI DEPUTATLIK NAZORATIDA.
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MUHOKAMA QILINDI.
янв.21
“XOTIN-QIZLARNI TAZYIQ VA ZO‘RAVONLIKDAN HIMOYA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.
Deputat saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati X.Nazarova tomonidan “At-Termiziy” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazilib, deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berildi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan joriy davr mobaynida saylov okrugida amalga oshirilgan ishlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, mahalladagi dolzarb muammolarni bartaraf etish borasida “mahalla yettiligi” bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik hamda ushbu hamkorlikning amaliy natijalari haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, deputatlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, mahalliy Kengash deputatining vakolatlari, saylovchilar manfaatlarini himoya qilish, deputatlik nazoratini amalga oshirish hamda aholi murojaatlarini qonunchilik asosida ko‘rib chiqish tartibi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Uchrashuvda fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, amaldagi qonunchilik mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish, aholining huquqiy bilimlarini oshirish va huquqiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish masalalari yuzasidan ham saylovchilar bilan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4