⚡️⚡️ “Tashabbusli budjet”ning navbatdagi mavsumi boshlanmoqda
Joriy yilning 15 iyulidan “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026 yilgi ikkinchi mavsumi boshlanadi. Bunda:
🔹 15 iyuldan 3 avgustgacha loyihalarni kiritish;
🔹 4–18 avgust kunlari loyihalarni saralash;
🔹 19–21 avgust kunlari targ‘ibot bosqichi;
🔹 22–31 avgust kunlari ovoz berish bosqichi;
🔹 1–10 sentabr kunlari qo‘shimcha g‘oliblarni e’lon qilish bosqichi o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, an’anaviy ovoz berish bosqichi yakunlariga ko‘ra g‘olib loyihalar 1 sentabr — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bayrami kuni e’lon qilinadi.