Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
NAVBATDAGI SESSIYA OLDIDAN HUDUDLARDA O‘RGANISHLAR OLIB BORILMOQDA. HUDUDDAGI JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH HOLATI, AYNIQSA QIZIL VA SARIQ HUDUDLARDA JINOYATCHILIKNI BARTARAF QILISH BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHI VA “MADAD” NNT HAMKORLIGI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI VA IJTIMOIY XIZMATLAR SIFATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM TOMONIDAN AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND TOIFALARIGA KO‘RSATILADIGAN XIZMATNI SIFATLI TASHKIL ETILISHI, KAM TA’MINLANGAN OILALARGA IJTIMOIY NAFAQALAR VA MODDIY YORDAM TAYINLASH VA TO‘LASH HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
KENGASH DEPUTATLARI VA FAVQULODDA VAZIYATLAR BO‘LIMI HAMKORLIGI.
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI DEPUTATLIK NAZORATIDA.
янв.21
NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA YUZASIDAN O‘RGANISHLAR O‘TKAZILMOQDA.YO‘L TRANSPORT HODISALARI KO‘P SODIR BO‘LAYOTGAN JOYLARDA YTHLARNI KAMAYTIRISHGA QARATILGAN CHORA-TADBIRLAR O‘RGANILDI.
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
“DOLZARB 90 KUN” DASTURI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN O‘ZIGA BIRIKTIRILGAN “VIJDON ERKINLIGI VA DINIY TASHKILOTLAR TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
Fuqarolar murojaati ijrosi ta’minlandi - Hayratiy mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi

Fuqarolar murojaati ijrosi ta’minlandi - Hayratiy mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi

📝 Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning yashash hududidagi muammolarni bartaraf etish hamda mahallalarda obod va xavfsiz muhit yaratish bugungi kunda ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Xalq deputatlari Uchtepa tuman Kengashiga O‘zLiDePdan saylangan "12-Nazarbek" okrugi deputati Xudayberganov Avaz Abrarovichga Hayratiy mahallasi fuqarolari tomonidan Sharof ko‘chasida uzoq yillardan buyon yechimini kutayotgan bir qator muammolar yuzasidan murojaat qilindi.

🗣 Murojaatda mahalla idorasiga kirish qismida joylashgan tadbirkorlik subyektiga tegishli hudud bir necha yillardan buyon qarovsiz qolib ketgani, noqonuniy reklama bannerlari o‘rnatilgani, ariq bo‘ylari chiqindilar bilan to‘lib, suvning erkin oqishiga to‘sqinlik qilayotgani sababli hududning sanitariya va obodonlashtirish holati yomonlashgani bildirilgan.

✅ Mazkur murojaat deputat tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish jarayonida Hayratiy mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Fayzullo Irgashev, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mutaxassislari hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

📈 Deputat tashabbusi bilan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mutaxassislari jalb qilinib, hududda amaliy ishlar tashkil etildi. Xususan, ariq bo‘ylari tozalanib, suvning erkin harakatlanishi ta’minlandi, noqonuniy o‘rnatilgan reklama bannerlari belgilangan tartibda demontaj qilindi. Shuningdek, uzoq yillardan buyon qarovsiz holatda bo‘lgan hudud chiqindilardan tozalanib, atrofi tartibga keltirildi va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

🗣 O‘rganish davomida fuqarolar mazkur tadbirkorlik subyektiga nisbatan ilgari ham bir necha bor ogohlantirishlar berilganiga qaramay, hududni tartibga keltirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmaganini bildirib, bu boradagi e’tirozlarini bildirdilar. Deputat tomonidan ushbu masala tegishli mutasaddilar ishtirokida muhokama qilinib, kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.

📁 Shuningdek, deputat fuqarolar bilan uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-iyundagi PQ–234-son "Mahallalarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va qiyofasini tubdan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori mazmun-mohiyatini batafsil tushuntirdi. Mazkur qaror bilan mahallalarda obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish, sanitariya holatini yaxshilash, yashil hududlarni kengaytirish hamda aholiga qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratish bo‘yicha muhim vazifalar belgilanganini ta’kidladi.

↗️ Deputat amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari aynan ushbu qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, fuqarolar murojaatlariga tezkor munosabat bildirish va mahallalarning zamonaviy qiyofasini shakllantirishga xizmat qilishini alohida qayd etdi. Hayratiy mahallasida amalga oshirilgan ushbu ishlar fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va amaliy yechim topish, davlat organlari, mahalla hamda deputatlar hamkorligining samarali natijasi bo‘lib, mahallada obod va qulay yashash muhitini yaratishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 6