Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
NAVBATDAGI SESSIYA OLDIDAN HUDUDLARDA O‘RGANISHLAR OLIB BORILMOQDA. HUDUDDAGI JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH HOLATI, AYNIQSA QIZIL VA SARIQ HUDUDLARDA JINOYATCHILIKNI BARTARAF QILISH BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHI VA “MADAD” NNT HAMKORLIGI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI VA IJTIMOIY XIZMATLAR SIFATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM TOMONIDAN AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND TOIFALARIGA KO‘RSATILADIGAN XIZMATNI SIFATLI TASHKIL ETILISHI, KAM TA’MINLANGAN OILALARGA IJTIMOIY NAFAQALAR VA MODDIY YORDAM TAYINLASH VA TO‘LASH HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
KENGASH DEPUTATLARI VA FAVQULODDA VAZIYATLAR BO‘LIMI HAMKORLIGI.
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI DEPUTATLIK NAZORATIDA.
янв.21
NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA YUZASIDAN O‘RGANISHLAR O‘TKAZILMOQDA.YO‘L TRANSPORT HODISALARI KO‘P SODIR BO‘LAYOTGAN JOYLARDA YTHLARNI KAMAYTIRISHGA QARATILGAN CHORA-TADBIRLAR O‘RGANILDI.
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
“DOLZARB 90 KUN” DASTURI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN O‘ZIGA BIRIKTIRILGAN “VIJDON ERKINLIGI VA DINIY TASHKILOTLAR TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
Munosabat

 Munosabat 

 2-“Xanjap” saylov okrugidan Xalq deputatlari Taxiatosh tuman Kenashi deputati Taganberdiev Galpak
Arazdurdыevich o‘z saylovchilarim oldida joriy yilning o‘tgan 5 oyi davomida amalga oshirgan ishlarim haqida hisobot berdim. 

Hisobot davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli demokratik islohotlar, ayniqsa, Davlatimiz rahbari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi
farovonligini yuksaltirish, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash,
yangi ish o‘rinlari yaratish hamda ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlashga qaratilgan
Farmon va qarorlarning mazmun-mohiyati haqida atroflicha ma’lumot berildi. 

Shuningdek, Xalq deputatlari Taxiatosh tuman Kengashi sessiyalarida qabul qilingan qarorlar, ularning aholi turmush darajasini yaxshilash, hududlarni kompleks rivojlantirish va ijtimoiy muammolarni
hal etishdagi ahamiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. 

Uchrashuvda joriy yil uchun qabul qilingan «Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili»
Davlat dasturi doirasida belgilangan ustuvor vazifalar, mahallalar infratuzilmasini
rivojlantirish, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni
rivojlantirish, ta’lim, sog‘liqni saqlash hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashga
qaratilgan chora-tadbirlar haqida ham batafsil ma’lumot berildi. 

Hisobot davri mobaynida saylovchilardan jami 26 ta murojaat kelib tushdi. Ularning har biri o‘rganilib,
tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mutasaddi tashkilotlar bilan
hamkorlikda ko‘rib chiqildi. Natijada murojaatlarning asosiy qismi ijobiy hal etildi,
qolganlari bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda.Jumladan, “Naymanko‘l” OFYdagi Guncha
ko‘chasining ichimlik suv quvurlari yorilib,suv isrof bo‘lishi murojaati tezda o‘rganilib
bartaraf etildi.“Naymanko‘l” OFY ni markazidan “Xan jap”ovuliga xamda “Mexrem”ovuliga
boruvchi gaz trubalar yerda yotganligi gaz tarmog‘i chirib yoroqsiz xolga kelib
qolmasligining oldini olish uchun murojaat o‘rganildi. “Taxiatosh tuman gaz”ta’minoti
tomonidan bartaraf etildi.“Naymanko‘l” OFYdagi “Urish qatnashchilari” yodgorligining
yon-atrofidagi obodonlashtirish chiqindilardan tozalash ishlariga zarurat tug‘ilayotganligi
bo‘yicha murojaat o‘rganildi va obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan bitta ishchi
xodim berildi. 

Hisobot davomida saylovchilar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni keng qo‘llab-quvvatlashlarini, davlatimiz tomonidan inson qadrini ulug‘lash, aholini ijtimoiy himoya qilish va
hududlarni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘z hayotlarida
yaqqol sezilayotganini alohida ta’kidladilar. 

Shu bilan birga, Xalq deputatlari tuman Kengashining sessiyalari, doimiy komissiyalar yig‘ilishlari hamda
deputatlik guruhi faoliyatida muntazam ishtirok etib, partiyamiz elektorati manfaatlarini
himoya qilish, aholini o‘ylantirayotgan ijtimoiy masalalarni ko‘tarish, qabul qilinayotgan
qarorlarning xalq manfaatlariga xizmat qilishi yuzasidan o‘z taklif va tashabbuslarimni
ilgari surib kelmoqdaman. 

Kelgusida ham saylovchilarim bilan doimiy muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini chuqur o‘rganish, har bir murojaatga mas’uliyat bilan yondashish hamda ularning qonuniy manfaatlarini
himoya qilish deputatlik faoliyatimning ustuvor yo‘nalishi
bo‘lib qoladi.  

 

Galpak Taganberdiyev 

2-“Xanjap” saylov okrugidan Xalq deputatlari Taxiatosh tuman Kengashi deputati,
O‘zXDP deputatlik guruhi a’zosi 

Slide 1 of 2