Deputatlar tomonidan 23-Azimobod saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borildi
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining 2026-yil 27-iyundagi VII-22-39-11-151-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan hudud deputati A. Nabiyev, Kotibiyat mudiri A. Yursunov hamda bosh mutaxassis A. Turgʻunov tomonidan 23-Azimobod saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida 7-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rnatilgan 2 ta geokollektor to‘liq ishchi holatga keltirilmagani sababli energiya tejamkorligiga
erishilmayotgani aniqlandi. Aniqlangan kamchiliklar hudud deputati A. Nabiyev tomonidan deputatning ko‘cha aylanish daftariga qayd etilib, ijrosi nazoratga olindi.