Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
NAVBATDAGI SESSIYA OLDIDAN HUDUDLARDA O‘RGANISHLAR OLIB BORILMOQDA. HUDUDDAGI JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH HOLATI, AYNIQSA QIZIL VA SARIQ HUDUDLARDA JINOYATCHILIKNI BARTARAF QILISH BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHI VA “MADAD” NNT HAMKORLIGI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI VA IJTIMOIY XIZMATLAR SIFATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM TOMONIDAN AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND TOIFALARIGA KO‘RSATILADIGAN XIZMATNI SIFATLI TASHKIL ETILISHI, KAM TA’MINLANGAN OILALARGA IJTIMOIY NAFAQALAR VA MODDIY YORDAM TAYINLASH VA TO‘LASH HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
KENGASH DEPUTATLARI VA FAVQULODDA VAZIYATLAR BO‘LIMI HAMKORLIGI.
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI DEPUTATLIK NAZORATIDA.
янв.21
NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA YUZASIDAN O‘RGANISHLAR O‘TKAZILMOQDA.YO‘L TRANSPORT HODISALARI KO‘P SODIR BO‘LAYOTGAN JOYLARDA YTHLARNI KAMAYTIRISHGA QARATILGAN CHORA-TADBIRLAR O‘RGANILDI.
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
“DOLZARB 90 KUN” DASTURI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN O‘ZIGA BIRIKTIRILGAN “VIJDON ERKINLIGI VA DINIY TASHKILOTLAR TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
DEPUTAT O‘RGANUVI NATIJALARI

 🔷 Deputat o‘‘rganuvi natijasida quyidagilar aniqlandi. 

Yoshlar yetakchisi tomonidan sharoiti og‘ir toifaga olingan 10 nafar yoshlar bandligi ta’minlangan. 

Aholi o‘rtasida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar tashkil etilgan. 

Aholi va bolalar uchun hududdagi 34-umumta’lim maktabida sport anjomlari mavjud bo‘lib, o‘smir-yoshlar kunning ikkinchi yarmida sport turlari
bo‘yicha to‘garaklarda shug‘ullanmoqda.
 

Hokim yordamchisi tomonidan aholi va yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish, yo‘naltirish va ularga kredit olishida ko‘maklashish hamda zaruriy bo‘ladigan asbob-uskunalar bilan ta’minlanishida amaliy yordam ko‘rsatilib kelinmoqda. 

Ijtimoiy xodimi tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash ishlari tashkil etib kelinayapti. Shu jumladan joriy yilning yanvar oyida ijtimoiy reestrga olinganlar 105 nafar bo‘lgan, qayta o‘rganishda ular soni 61 nafarni tashkil etgan. Davlat ta’minotidagi oilalar 28 ta, kambag‘al oilalar 24 ta, kambag‘allik chegarasidagi oilalar 10 tani tashkil etmoqda. 

“Ayollar daftari” yetti bosqichdan iborat bo‘lib, mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan 129 nafar xotin-qizlar ro‘yxatga olingan. Notinch oilalar yarashtirilgan. 5 nafar xotin-qizlar bandligi ta’minlangan. 

Mahalla ichki yo‘llari holati o‘rganilganda: “Qaqir” ko‘chasining 2200 metr qismiga asfalt yotqizish kerakligi aniqlangan. 

🔷 Obodon qishlog‘ida yashovchi ikkinchi guruh nogironi O‘lmasova Shoxidaxon Baxodirovna qurilish bitmay qolgan xonadoni uchun qurilish ashyolari olishga mablag‘ masalasida yordam so‘ragan bo‘lsa, “Qaqir” ko‘chasini asfaltlashtirish masalasida mahalla aholisi amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan. 

Deputat tomonidan “mahalla yettiligi” xodimlariga faoliyatidagi kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar
berildi. Aholi murojaatlari yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga deputat so‘rovlari yuboriladi.
 

Deputat o‘rganuvida “Madad” NNT tuman huquqiy maslahat byurosi xodimi Ravshanbek Alijonov ishtirok etib, murojaatlar bo‘yicha huquqiy maslahatlar berdi. 

📌Shu o‘rinda “Madad” NNT haqida: fuqarolarning huquqiy savodxonlik darajasini oshirish va aholiga bepul yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida “Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti tashkil etilgan. “Madad” NNT mas’ul xodimlari murojaat qiluvchilarga huquqiy masalalar bo'yicha maslahat va tushuntirishlar berish, shuningdek tegishli huquqiy hujjatlar namunalarini taqdim etish yoki
bunday hujjatlar loyihalarini tayyorlashda ko‘maklashish orqali bepul yuridik yordamlar ko‘rsatadi.
 

   Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1