Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
MANZILLI DASTUR IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA: PARKENT TUMANI “NEVICH” MFYDA INFRATUZILMA LOYIHALARI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN PARKENT TUMAN SPORT MAKTABI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
PENSIYA JAMG‘ARMASI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA.
янв.21
VILOYAT KENGASHI QARORLARI IJROSI DOIRASIDAGI MANZILLI DASTURLAR LOYIHALARI DEPUTATLIK NAZORATIDA.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 27-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
DEPUTATLAR TOMONIDAN “GULBOG‘” MFYDA QURILADIGAN KO‘P QAVATLI UYLAR LOYIHALARI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN “BO‘STON” MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLIY BUDJET, TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA IQTISODIY ISLOHOTLAR MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
DEPUTAT VA MAHALLA YETTILIGI HAMKORLIGI. MAHALLA RAISI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2026-yil May oyida amalga oshiradigan ishlar rejasi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2026-yil May oyida amalga oshiradigan ishlar rejasi

🤩Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi tomonidan tasdiqlangan yillik ish rejasiga muvofiq, may oyida quyidagi muhim tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan:

Hisobotlar va muhokamalar
✍️Viloyatda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar yuzasidan viloyat hokimi o‘rinbosarining hisobotini eshitish.
(Mas’ul: Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya)

✍️Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) mintaqaviy vakilining inson huquqlari, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish holati toʻgʻrisidagi axborotini eshitish.
(Mas’ul: Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya)

✍️Ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning insonlar sog‘lig‘iga zararli ta’sirining oldini olish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, sanitariya va ekologik holat sifatini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan viloyat Ekologiya va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘ining hisobotini eshitish
(Mas’ul: Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya)

✍️“Davlat organlarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida 2025-yilda amalga oshiriladigan chora - tadbirlar” Yo‘l xaritasi ijrosi yuzasidan biloyat boshqarma tashkilotlarida o‘rganish ishlarini amalga oshirish hamda mahalliy Kengash sessiyalariga masala kiritishi yuklatilgan.
(Mas’ul: Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi)

Nazorat va tashkiliy tadbirlar
✅ Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan va Senatga kiritilgan qonunlarni muhokama qilish. (Mas’ul: Kengash kotibiyati bosh yuristkonsulti D.Yuldasheva)
✅Kengash ish rejasining bajarilishini muhokama qilib borish. (Mas’ul: Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Abduraimov)
✅Kengash qarorlarining ijrosi yuzasidan tizimli nazorat o‘rnatish va tahlil qilib borish. (Mas’ul: Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Abduraimov)
🌐 Kengash sessiyalari hamda doimiy komissiyalar yig‘ilishlariga tayyorgarlik ko‘rish. (Mas’ul: Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U.Tolliboyev)
🌐OAVda materiallar chop etish va intervyular berish, sessiyalarni jonli efirda yoritish. (Mas’ul: Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi M.Begimqulov)

👍 Shuningdek, Kengash ish rejasiga kiritilmagan boshqa hisobotlar ham Kengash sessiyasida eshitilishi mumkin.

Slide 1 of 1