Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN MAHALLADA XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH YO‘NALISHIDAGI FAOLIYAT O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLAR TOMONIDAN BIRIKTIRILGAN TASHKILOT FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
FUQARO MUROJAATI DEPUTATLAR NAZORATIDA. MUROJAAT JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDAGI ISHLAR VA QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI DEPUTATNING NAZORAT DAFTARIGA KIRITILDI.
янв.21
HUDUDDAGI INVESTITSIYALAR BO‘YICHA HOLAT. XALQARO HAMKORLIK: O‘ZBEKISTON–XITOY
янв.21
TUMAN KENGASHI RAISI FAXRIDDIN DADAMATOV RAHBARLIGIDA PARKENT TUMANIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI.
Deputat tomonidan hududdagi jinoyatchilik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 14-Yangikent saylov okrugidan saylangan deputat Furqat Sarimsoqov tomonidan Yangikent mahallasida jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi.
📌O‘rganish jarayonida mahalladagi kriminogen vaziyat, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar tahlil qilindi. Ma’lum qilinishicha, joriy yil boshidan bugungi kunga qadar mahalla hududida jinoyat sodir etilmagan bo‘lib, hudud jinoyatchilik bo‘yicha “yashil” toifada qayd etilgan.
🇺🇿 Shuningdek, profilaktika inspektori tomonidan aholi o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlar bilan manzilli ishlash, notinch oilalarni nazoratga olish hamda fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari bilan tanishildi.
✅ O‘rganish yakunlari bo‘yicha hududdagi ijobiy ko‘rsatkichlarni saqlab qolish, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish hamda fuqarolarning osoyishtaligini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2