Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
DEPUTATLAR TOMONIDAN "CHOTQOL DAVLAT BIOSFERA QO‘RIQXONASI"DA QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
TUMAN HOKIMI VA KENGASH RAISI MAHALLALARDA OCHIQ MULOQOTLARDA ISHTIROK ETDI.
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA MAHALLA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
TUMAN KENGASHI RAISI FAXRIDDIN DADAMATOV RAHBARLIGIDA KIBERJINOYATLARNING OLDINI OLISHGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR O‘TKAZILDI.
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI MASALALARI JOYIDA O‘RGANILDI.
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI DEPUTATLIK NAZORATIDA.
янв.21
SPORT INSHOOTLARIDA NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
NAVBATDAGI SESSIYA OLDIDAN HUDUDLARDA O‘RGANISHLAR OLIB BORILMOQDA. HUDUDDAGI JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH HOLATI, AYNIQSA QIZIL VA SARIQ HUDUDLARDA JINOYATCHILIKNI BARTARAF QILISH BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT VA TUMAN HOKIMI ELMUROD PO‘LATOV TOMONIDAN NAVBATDAGI FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI.
янв.21
MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN TADBIRLAR SAMARADORLIGI, YOSHLAR BANDLIGI O‘RGANILDI.
Muammo borki, yechim bor: Deputatlar "Yangi kuch" mahallasida

Muammo borki, yechim bor: Deputatlar "Yangi kuch" mahallasida

Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak, degan ezgu tamoyil tumanimizda amaliy ifodasini topmoqda.

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi D.Safarova va kotibiyat mudiri Oʻ.Rajabov navbatdagi ish kunini “Yangi kuch” mahallasi ahlini qiynayotgan masalalarni oʻrganishdan boshlashdi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan har bir murojaat ortida inson taqdiri, oilalar farovonligi turibdi. Shu bois masʼullar kabinetda oʻtirib emas, bevosita hududga chiqib, muammolarni oʻz koʻzi bilan koʻrishni maʼqul topishdi.

Ochiq va samimiy ruhda oʻtgan muloqotlarda yoʻllar, kommunal tizim va ijtimoiy koʻmakka muhtoj fuqarolarning murojaatlari birma-bir tahlil qilindi.

Oʻrganish natijalari tuman Kengashining navbatdagi sessiyalari va doimiy komissiya yigʻilishlarida ham muhokama qilinishi hamda qatʼiy nazoratga olinishi belgilandi.