Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
HUDUDDAGI INVESTITSIYALAR BO‘YICHA HOLAT. PARKENT TUMANIDA XITOYLIK INVESTORLAR BILAN HAMKORLIK LOYIHALARI MUHOKAMA QILINDI.
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDA JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI.
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI O‘RGANILDI.
янв.21
HOKIMIYAT VA KENGASH HAMKORLIGI: MUROJAATLAR JOYIGA CHIQIB O‘RGANILMOQDA.
янв.21
DEHQON BOZORIDA JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI.
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI VA IJTIMOIY XIZMATLAR HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
AHOLIGA O‘Z VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHI DOIMIY KOMISSIYASINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
FUQARO MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 26-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar

Mazkur qonunlar iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish, biznes subyektlari faoliyati uchun qulay muhit yaratish, byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish va fuqarolarning ijtimoiy manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

Tadbirkorlik va byudjet sohasi bo‘yicha o‘rganilishi lozim bo‘lgan muhim qonunlar:

 “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (https://lex.uz/docs/-112314)

 №938-XII | Qabul qilingan sana: 03.09.1993

 Mazkur qonun fuqarolarning pensiya ta’minoti sohasidagi huquqlarini kafolatlaydi hamda ijtimoiy himoya tizimining huquqiy asoslarini belgilaydi.

 “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (https://lex.uz/docs/-2004956)

№O‘RQ-327 | Qabul qilingan sana: 26.04.2012

 Qonun oilaviy biznesni tashkil etish va rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholining daromad manbalarini kengaytirishga xizmat qiladi.

 “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (https://lex.uz/docs/-2006789)

 №O‘RQ-328 | Qabul qilingan sana: 02.05.2012

 Ushbu hujjat tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning erkin faoliyat yuritishi uchun zarur kafolatlarni mustahkamlaydi.

 “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (https://lex.uz/uz/docs/-3321352?ONDATE=21.04.2021%2000)📆 №O‘RQ-440 | Qabul qilingan sana: 29.08.2017

 Mazkur qonun tadbirkorlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularning huquqlarini himoya qilish hamda davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlarda qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan.

 “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (https://lex.uz/docs/-5957612)

 №O‘RQ-763 | Qabul qilingan sana: 12.04.2022

 Qonun moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini sog‘lomlashtirish va kreditorlar manfaatlarini himoya qilish mexanizmlarini belgilaydi.

 “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (https://lex.uz/docs/-5382974)

 №O‘RQ-684 | Qabul qilingan sana: 22.04.2021

 Davlat xaridlarini amalga oshirishda ochiqlik, shaffoflik va raqobat tamoyillarini ta’minlash hamda byudjet mablag‘laridan samarali foydalanishga xizmat qiladi.

 “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (https://lex.uz/docs/-6213382)

 №O‘RQ-792 | Qabul qilingan sana: 29.09.2022

 Mazkur qonun elektron savdo munosabatlarini tartibga solish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va tadbirkorlikning zamonaviy shakllarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

 Ushbu qonun hujjatlarini puxta o‘rganish mahalliy Kengash deputatlariga iqtisodiy islohotlarni samarali qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, byudjet mablag‘laridan oqilona foydalanish hamda hududlarning iqtisodiy salohiyatini oshirish borasidagi faoliyatida muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.